Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nargiz Zokirova 50 yilga deport qilindi

Nargiz Zokirova 50 yilga deport qilindi

AQSh fuqaroligini olgan o‘zbek qo‘shiqchisi Nargiz Zokirova 2072 yil maygacha Rossiyaga kirolmaydi, rus hukumati uni deport qilgan.

Avvalroq uning Moskvaga borgani va ushlangani xabar qilingan, keyinroq rad etilgandi. U Moskvaga uchib bormagan, ammo deport haqidagi hujjat imzolanib bo‘lgan.

Ushbu hujjatni xonandaning advokati Bahrom Ismoilov ham tasdiqlagan. Deportning sababi rasman ma’lum qilinmagan, biroq bir necha taxminlar bor.

Masalan, Zokirova rus-ukrain nizosi haqida Rossiyaga qarshi keskin chiqishlar qilgan, buni rus hukumatining bir qator vakillari ham ta’kidlagan. Xususan, Duma deputati Yelena Drapeka xonandani «restoran qo‘shiqchisi» deb ta’riflagan.

«Hukumatimiz to‘g‘ri qilyapti: Rossiyani yomon ko‘radigan va uni haqorat qiladiganlarni kelgan joyiga qaytarib yuborish kerak. Ular o‘zlariga qulay va yaxshi bo‘lgan boshqa davlatni topsin», degan deputat.

Shuningdek, deport haqidagi hujjatdan anglanilishicha, Zokirovaga aynan Ukrainadagi maxsus operatsiya haqida fikrlar bildirgani uchun taqiq qo‘yilgan. Va bunday taqiqlarni olgan boshqa rus artistlari ham bor, ko‘pchiligi Isroildan va boshqa mamlakatlardan qo‘nim topgan.

Oxirgi taxminga ko‘ra, xonanda OITS yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda uning jiddiy kasallikka chalingani haqida xabarlar tarqatilgan, ammo bu hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring