Narxlari osmon Xitoy «Rols roys»i O‘zbekistonda

O‘zbekistonga Xitoyning mashhur Hongqi E-HS9 elektr krossoverlarining yangi partiyasi O‘zbekistonga olib kelingan. Ushbu mashinalarni Toshkentdagi avtosalondan sotib olish mumkin.
Old kuzovi o‘sha mashhur "Rols roys" avtomobiliga o‘xshab ishlangan mazkur rusum Xitoyning old brendlaridan hisoblanadi. Salonning o‘zida to‘rtta ekran o‘rnatilgan, orqa o‘rindiqda yo‘lovchilar uchun ham ikkita monitor bor.
Hongqi E-HS9 krossoveri 3 litrli turbo dvigatelga ega bo‘lib, quvvati 460 ot kuchiga teng. Mashinaga 5 yil yoki 150 ming km. kafolat berilishi aytilgan.
O‘zbekistonda ushbu modelning ikkita komplektatsiyada xarid qilish mumkin: 6 kishili va o‘sha mashhur 4 kishilik. Narxi taxminan, 130-150 ming dollar (1,3-1,6 mlrd. so‘m) bo‘lib, Xitoyning o‘zida taxminan 80-112 ming dollarga baholanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter