Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Narxoz»ning Samarqand filiali ochiladi

«Narxoz»ning Samarqand filiali ochiladi

Foto: «tsue.uz»

Hukumat qarori (438-son, 28.05.2019-y.) bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali tashkil etildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Filialning asosiy vazifasi Germaniya va boshqa rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi:

  •  «Raqamli iqtisodiyot»;
  • «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti»;
  • «Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti»;
  • «Agrobiznes va marketing»;
  • «Buxgalteriya hisobi va audit».

Filialga qabul 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring