Navoiyda haydovchi YPX xodimini do‘pposladi

Tarmoqda mashinasini jarima maydonchasiga olib ketayotgan YPX xodimini urgan haydovchi videosi tarqaldi.
IIV YXHBB matbuot xizmatiga ko‘ra, 22-yanvar kuni Navoiy viloyati, Navbahor tumanida YPX xodimi D.Toshov tomonidan «Matiz» rusumli avtomobil haydovchisi to‘xtatilgan.
Tekshiruv davomida haydovchi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishi, uning yonida kunlik yo‘l varaqasi mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan.
Shundan so‘ng, YPX xodimi tomonidan haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga olib ketilayotgan vaqtda, haydovchi A.T. YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan va tortishuvli vaziyat yuzaga kelgan.
Holat sodir bo‘lgan joyga tuman IIB tezkor-tergov guruhi va prokuratura xodimlari chiqib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter