Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda tomorqasida giyohvand o‘simliklar yetishtirgan shaxslar ushlandi

Navoiyda tomorqasida giyohvand o‘simliklar yetishtirgan shaxslar ushlandi

© Google

Navoiy viloyatining Xatirchi hamda Navbahor tumanida yashovchi fuqarolarning o‘z tomorqasida yirik miqdorda giyohvand o‘simliklar yetishtirib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Fayoz Qosimov ma’lum qilmoqda. 

Bildirilishicha, Xatirchi tumanining Dehqonobod mahallasi fuqarosi - 50 yoshli  erkak mo‘may daromad topish maqsadida o‘z tomorqasida marixuanna o‘simligini yetishtirib kelgan. Tuman ichki ishlar bo‘limi tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv bo‘linmasi xodimlari tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida uning tomorqasida 168 tup nam holatdagi giyohvand o‘simligi borligi  aniqlangan. 23 kg 300 gr vaznga ega yashil rangli o‘tkir hidli marixuanna xolislar ishtirokida hujjatlashtirilgan. Bundan tashqari, uning ichkari hovlisidan qopda 45 gr, tomorqa ekinlari orasidan 215 gramm quritilgan giyohvand o‘simliklar borligi ham aniqlangan.  

«Hosilning bir qismini yig‘ishtirib olgach, yerga yana yangi urug‘ qadagan gumonlanuvchi o‘z qilmishining oshkor bo‘lishi haqida o‘ylab ham ko‘rmagan. Xuddi shuningdek, nazorat tadbiri davomida Navbahor tumanining Chorvoqguzar mahallasida yashab kelayotgan ayolning ham o‘z xonadoni hovlisida 19 tup kannabis parvarishlab kelgani aniqlandi. Har ikkala holatda ham ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olindi»,-dedi Fayoz Qosimov. 

Ayni paytda gumonlanuvchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring