Navoiyda Xitoyning «Oshan» brendi avtomobillari yig‘iladi

Navoiy viloyatidagi erkin iqtisodiy hududda yaqin kunlarda «Navoiy – motors» O‘zbekiston-Eron qo‘shma korxonasi barpo etiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, umumiy qiymati 12 million AQSh dollariga teng bo‘lgan ushbu loyiha doirasida Xitoyning «Oshan» brendi ostida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni endilikda Navoiyda ham yig‘ish va ichki bozorga chiqarish rejalashtirilmoqda.
– Dastlab, ichki bozor uchun zamonaviy yo‘l tanlamas, pikap, miniven kabi kuzovli avtomobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘yamiz, – deydi korxona bosh texnologi Afshin Shakeri. – Yiliga 30 ming dona avtoulov ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonamizda 200 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Joriy yil yakuniga qadar ishga tushirish rejalashtirilayotgan zavodning barqaror ishlashi uchun soliq va bojxona imtiyozlarining yaratilayotgani ayni muddao bo‘lmoqda.
Ayni paytda mazkur korxonaning qurilish ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter