Navoiydagi qurilish do‘konlarida sifatsiz mahsulot aniqlandi

Navoiyda sifatsiz ruhlangan po‘lat list mahsuloti aniqlandi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Nazorat inspeksiyasi xabar berdi.
Navoiy viloyati Navbahor tumanida joylashgan “AAA” MChJ qurilish mollari do‘konidan iste’molchilar huquqlari poymol bo‘lishini oldini olish maqsadida Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan issiq po‘latdan yasalgan ruhlangan metall list mahsulotiga nazorat xaridi tadbirlari o‘tkazildi.
Mazkur tanlab olingan metall list mahsuloti akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasiga topshirilib, olib borilgan tahlillar jarayonida tegishli standart talablariga ko‘ra quyidagi nomuvofiqliklar aniqlandi:
• massa sinkovogo pokritiya, ya’ni ikki tomonlama 1 m² prokatdagi sink qatlami massasi me’yordan kamligi;
• qoplamaning qalinligi belgilangan talablarga javob bermasligi; mahsulotning nisbiy cho‘zilish ko‘rsatkichi talab darajasida emasligi.
Yuqorida nomuvofiq deb topilgan ruhlangan po‘lat list mahsulotlaridan qurilishda foydalanish quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:
• qisqa vaqt ichida korroziyaga uchrashi va yaroqsiz holatga kelishi;
• shamol va tashqi ta’sirlarga chidamsiz bo‘lishi;
• binolarning konstruktiv barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi;
• qurilish mahsulotlarining xizmat muddatini keskin qisqartirishi.
Ushbu nomuvofiq topilgan metall list mahsulotlarini realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish va bozor savdo nuqtalaridan chiqarish bo‘yicha mutasaddi idoralarga murojaatlar yuborildi hamda masala nazoratga olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter