Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mamlakatimizdagi eng yaxshi nodavlat teleradiokompaniyalar e’lon qilindi

Mamlakatimizdagi eng yaxshi nodavlat teleradiokompaniyalar e’lon qilindi

Foto: O‘zEOAVMA axborot xizmati

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan har yili ana’anaviy tarzda o‘tkaziladigan «Ozod yurt to‘lqinlari» media festivali mamlakatimizdagi eng yaxshi nodavlat teleradiokompaniyalarni aniqladi. Bu haqda O‘zEOAVMA axborot xizmati xabar bermoqda. Bu yili ushbu festival O‘zEOAVMA 15 yilligi bilan hamohang tarzda tashkil etildi.
«Ozod yurt to‘lqinlari» media festivali televideniye va radio sohasida erishgan yutuqlari,  mamlakatimizda sohani rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun beriladigan mukofotdir.
Bu yil mukofot 10 ta tele-radiostansiya uchun quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha berildi:
• «Eng yaxshi innovatsion yondashuv uchun» - «Zo‘r-TV» telekanali hamda «O‘zbegim taronasi» radiostansiyasi;
• «Oilaviy qadriyatlar doim trendda» g‘oyasini ilgari surgani uchun» - «Sevimli» telekanali,  hamda «Oriat FM» radiostansiyasi;
• «Tezkor, aniq, batafsil» axborot tarqatgani uchun» -  «UzReport-TV» telekanali hamda  «Poytaxt» radiostansiyasi;
• «Markazda yoshlar» g‘oyasini targ‘ib etganligi uchun» - «Mening yurtim» telekanali hamda  »Nukus FM» radiostansiyasi;
• «Hududda yetakchi» ommaviy axborot vositasi bo‘lganligi uchun»- «Istiqlol» telekanali (Buxoro) hamda «Ruxsor FM» (Marg‘ilon) radiostansiyasi.
Bu yil O‘zEOAVMA Ekspertlar Kengashi «Ozod yurt to‘qinlari» media-festivali g‘oliblarini aniqlashda «Kantar TNS» teleeshittirishlari bo‘yicha olib borgan tadqiqotlar natijalarini hisobga oldi, deydi O‘zEOAVMA Boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov. – Bu esa o‘z navbatida mamlakat televideniye industriyasi va milliy reklama bozori uchun muhim yangilik. Noyabr oyining birinchi yarmidagi tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatdiki, «Zo‘r-TV», «Sevimli-TV», «Mening yurtim» nodavlat telekanallari tomoshabinlar tomonidan eng ko‘p ko‘rilgan kanallar sifatida yetakchilik qildi. Yangilik va axborot segmentida esa O‘zEOAVMAning «Zamon» axborot-tahliliy dasturi hamda «Mening yurtim» telekanalining «Markaziy studiya» dasturlari yuqoriladi.
Festival doirasida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada xorijlik ekspertlar O‘zbekistonda teleindustriya rivojlanishini yuqori baholashdi. So‘nggi ikki yil mobaynida O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab olgan  4 ta nodavlat televideniyening ochilishi hamda hududiy telestansiyalarning raqamli uzatish tizimiga o‘tganligi buning yorqin misolidir. 
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring