Nega so‘nggi kunlarda Toshkent havosi «ancha toza»ligicha qolmoqda?

Oxirgi 4-5 kunlikda Toshkentda havo ifloslanish darajasi past darajada qolmoqda.
Meteorolog Erkin Abdulahatov mazkur jarayoning sababini izohlab o‘tdi.
12-mart kuni poytaxt va uning atrofida yog‘ib o‘tgan yetarlicha yomg‘ir joylarda yerni yaxshigina nam holatga olib kelib qo‘ydi.
Natijada, tuproq va chang massalarining havoga ko‘tarilishini chekladi, deya yozadi mutaxassis.
Mahalliy vaqt soat 17.00 da ham shahar havosida havoni ifloslanish darajasi juda kam,«yashil» darajada saqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter