Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

21 yoshli yigit YPX xodimini mashina kapotida «sudrab ketdi» (video)

21 yoshli yigit YPX xodimini mashina kapotida «sudrab ketdi» (video)

Foto: Videolavhadan skrin

Ijtimoiy tarmoqlarda «Neksiya» rusumli avtomobil haydovchisi mashina kapotiga osilib olgan YPX inspektorini yo‘l bo‘ylab olib ketayotgani tasvirlangan video tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB ushbu holatga aniqlik kiritdi. Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyatidan 21 yoshli Dovronbek T. yo‘l qoidalarini buzgan («To‘xtash taqiqlangan» (3.27) belgisi ostida to‘xtagan va «Harakatlanish to‘g‘riga» (4.1.1) belgisiga amal qilmagan). Shuningdek, YPX inspektorining talabiga bo‘ysunmay, harakatlanishda davom etgan.

Qoidabuzar o‘z xatti-harakatlarini jarimadan qochish va sug‘urta polisi muddati tugagani sababli qilganini tan olgan. Avtomobil jarima maydoniga kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring