Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nepalda namoyishchilar mamlakat parlamenti binosini yoqib yubordi

Nepalda namoyishchilar mamlakat parlamenti binosini yoqib yubordi

Nepalda Hukumatning Instagram, Facebook, Youtube, X va boshqalar kabi mashhur platformalarni bloklashi ortidan mamlakat bo‘ylab yoshlar (Z avlodi vakillari)ning norozilik namoyishlari avj olib ketgani va kuch ishlatar tizim bilan to‘qnashuvlarda 14 kishining halok bo‘lgani xabar qilingan edi.

Namoyishchilar mamlakat parlamenti binosini yoqib yubordi. Shuningdek, sobiq bosh vazirning uyi va Hilton mehmonxonasida ham yong‘inlar kuzatilmoqda.

Nepal Kongressi raisi va sobiq bosh vazir Sher Bahadur Deuba hamda uning rafiqasi Arju Rana Deuba Katmandudagi norozilik namoyishchilari tomonidan hujumga uchradi, deya yozmoqda The Insider nashri.

Bundan tashqari, India Today’ning ma’lum qilishicha, namoyishchilar moliya vaziri Prasad Paudelga ham hujum qilgan.

India Today kunning ikkinchi yarmiga kelib, namoyishlar vaqtida halok bo‘lganlar soni 22 kishi ga yetganini yozdi. Yaralanganlar soni esa bir necha yuz nafar deb baholanmoqda.

Namoyishchilar Sharma Olining iste’fosidan so‘ng Katmandu meri Balendra Shahni vaqtincha bosh vazir etib tayinlashga chaqirmoqda.

O‘z navbatida, Nepal hukumati ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yilgan taqiqni bekor qilgan.

«Bu qaror dushanba kuni bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlarida 19 kishi halok bo‘lib, yuzlab odamlar jarohatlangach qabul qilindi. Namoyishchilar parlament binosiga bostirib kirishga uringan, politsiya esa bunga javoban ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz, suv purkagichlar va tayoqlardan foydalangan», – deya yozmoqda Reuters.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring