Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nepotizmning oldini olish bo‘yicha qonun loyihasi taqdim etildi

Nepotizmning oldini olish bo‘yicha qonun loyihasi taqdim etildi

Illyustrativ foto

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

Loyihada o‘zaro yaqin qarindosh (to‘g‘ri shajara) va quda-andalar, yon qarindosh (yon shajara) hamda qarindoshlik rishtasiga ega bo‘lgan boshqa shaxslarning bir davlat tashkiloti va uning tuzilmalarida birga xizmat qilishlarining taqiqlanishi (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi) va bunday holatlar uchun javobgarlik (O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi) belgilash taklif etilmoqda.

Xususan, o‘zaro yaqin qarindosh (to‘g‘ri shajara), qarindosh (yon shajara) yoki boshqa qarindoshlik munosabatlariga ega bo‘lgan, shuningdek quda-anda bo‘lgan shaxslarning (katta bobo-buvilar, bobo-buvilar, ota-onalar, o‘g‘il va qizlar, aka-uka, opa-singil, ularning bolalari, ota-onaning aka-uka va opa-singillari hamda ularning bolalari, bobo va buvilarning aka-uka hamda opa-singillari va ularning bolalari hamda shunga o‘xshashlar, shuningdek er-xotinlarning katta bobo-buvilari, bobo-buvilari, ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), bir davlat tashkiloti va uning tarkibidagi tuzilmalarda biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qilayotganligi haqida ish beruvchiga ma’lum qilmaslik:

BHMning o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi;

o‘zaro yaqin qarindosh (to‘g‘ri shajara), qarindosh (yon shajara) yoki boshqa qarindoshlik munosabatlariga ega bo‘lgan, shuningdek quda-anda bo‘lgan shaxslarning bir davlat tashkiloti va uning tarkibidagi tuzilmalarda biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qilayotganligi ish beruvchiga ma’lum bo‘lgan vaqtdan boshlab, ushbu xodimlar ishlab kelgan ish (lavozim)ga teng boshqa ish (lavozim)ga o‘tkazish choralarini ko‘rmaslik:

BHMning yigirma besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda.

Jamoatchilik muhokamasi 2021 yil 30 noyabrga qadar davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring