Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Netanyahu Trampdan Misrni to‘xtatishni so‘radi

Netanyahu Trampdan Misrni to‘xtatishni so‘radi

Foto: Anadolu Ajansı

Isroil bosh vaziri AQShdan Sinayda harbiy qudratni oshirayotgan Misrga bosim o‘tkazishni so‘radi, Binyamin Netanyahu buni 1979-yilgi tinchlik shartnomasini buzish deb hisoblamoqda, deb yozdi Axios.

Misr hech qanday tushuntirishlarsiz G‘azo yaqinida aviabazalarni kengaytirdi, yer osti inshootlarini qurdi va qo‘shinlari sonini oshirdi, deyiladi Isroil bosh vaziri bayonotida.

Keskinlik kuchaymoqda: Misr G‘azo aholisi isroillik harbiylar tomonidan Sinay yarimoroliga siqib chiqarilishidan xavotirda, Isroil esa Misrni qochqinlar yo‘liga g‘ov bo‘lishda ayblayapti.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar ish bermagach, Isroil AQShdan yordam so‘ragan, Misr esa hech qanday qoidabuzarlik bo‘lmaganini ta’kidlamoqda, deb yozdi nashr.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring