Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nexia-2» ostida qolgan 9 yoshli bolaning ahvoli haqida ma’lumot berildi

«Nexia-2» ostida qolgan 9 yoshli bolaning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Buxoroda «Nexia-2» katta tezlikda avval piyodalar o‘tish joyidan velosipedni yetalab o‘tayotgan fuqaroning velosipedini urib yuborgani, so‘ng boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetida ketayotgan bolalar ustiga ag‘darilgani xabar qilingandi.

Ma’lum bo‘lishicha, velosiped haydovchisi yengil tan jarohati olgan va unga o‘sha zahoti birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib uyiga javob berib yuborilgan.

Bundan tashqari piyodalar yo‘lagidan harakatlanib borayotgan 2013-yilda tug‘ilgan F.A. yengil jarohat bilan va yana bir nafar piyoda 2013-yilda tug‘ilgan Qorako‘l tumani «Xo‘jalar» mahallasida yashovchi tumanning 15-maktab 4-sinf o‘quvchisi U.U. «taz suyak o‘ng tomoni yopiq sinishi» tashxisi bilan tuman shifoxonasiga yotqizilib, hozirda malakali shifokorlar tomonidan tibbiy muolajalar olib borilmoqda.

Yo‘l trasport hodisasi sodir bo‘lgan joy 1 toifali yo‘l bo‘lib, 2020-yilda kapital ta’mirlanib, yo‘l belgilari o‘rnatilgan. Yo‘l chiziqlarining holati yaxshi bo‘lgan, deyiladi Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring