Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neymar umrida ko‘rmagan odamdan 1 mlrd dollar meros oladi

Neymar umrida ko‘rmagan odamdan 1 mlrd dollar meros oladi

Foto: MSN

Braziliyalik futbol yulduzi Neymar umrida ko‘rmagan odamdan 1 milliard dollar meros oladi.

Ismi oshkor etilmagan braziliyalik tadbirkor futbolchiga 1 milliard dollarga baholanayotgan barcha aktivlarini qoldirishga qaror qilgan.

Tadbirkorning sog‘lig‘ida muammolar bo‘lgani uchun vasiyatnoma tuzdirgan. Uning farzandlari va yaqin qarindoshlari yo‘q. Xabarga ko‘ra, u doim Neymarning muxlisi bo‘lgan va hayotga qarashlarini ham o‘ziniki bilan uyg‘un deb hisoblaydi.

Vasiyatnoma tuzib bo‘lindi, endi sud tomonidan tasdiqlansa, Neymar ulkan boylik egasiga aylanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring