Neymarning yaqini to‘satdan vafot etdi
Braziliyalik teleyulduz, bloger, model va Neymarning yaqin do‘sti Luana Andrade tizzasini liposaksiya qilish vaqtida to‘satdan kasalxonada vafot etdi. U 29 yoshda edi.
«Ikki yomon xabar bilan qayg‘uli kun. Birinchidan, Bruning ota-onasiga hujum, lekin Xudoga shukur, hammasi joyida! Ikkinchidan, do‘stimning vafoti. Uning butun oilasiga hamdardlik bildiraman, xudo Luanani quchog‘i bilan qabul qilsin», deb yozdi Neymar ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
New York Post gazetasining yozishicha, Andrade San-Paulu shahridagi San-Luis kasalxonasiga shaxsiy jarroh tomonidan tizzasini liposaksiya qilish (yog‘ oldirish) uchun borgan. Operatsiya vaqtida to‘satdan qizning yuragi to‘xtab qolgan. Shoshilinch tekshiruv Andradeda keng tromboz borligini aniqladi. Modelning o‘limiga o‘pka emboliyasi sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter