Niqob taqmagan YPX xodimiga jarima yozildi
Ijtimoiy tarmoqda «Vaksina olganman deb aytayotgan xodim niqob taqmaslik huquqiga egami?» sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan YHXB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 8-sentyabr kuni soat 17:30 larda Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani hududidan o‘tgan 4R-46 avtomobil yo‘lining 23-kilometrida «Nexia» rusumli avtomobil haydovchisi yo‘l chizig‘ini bosib harakatlanganligi bois YPX xodimi Sh.Bayjigitov tomonidan elektron shakldagi bayonnoma tuzilgan. Ijtimoiy tarmoqda mazkur holat bo‘yicha video tarqalib, unda YPX xodimi tibbiy niqob taqmaganligi aks etgan. Mazkur holatga haydovchi tomonidan ham e’tirozlar bildirilgan.
Video Samarqand viloyati IIB YHXB mas’ullari tomonidan o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori talablariga rioya qilmaganligi uchun YPX xodimi Sh.Bayjigitovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 54-moddasi tartibida bayonnoma tuzildi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter