Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Niqobsiz, bodikamerasiz GAI xodimi» videolavhasi yuzasidan ma’lumot berildi

«Niqobsiz, bodikamerasiz GAI xodimi» videolavhasi yuzasidan ma’lumot berildi

Joriy yilning 24-iyul kuni soat 21:00 larda Navoiy viloyati Zarafshon shahriga kirish joyida joylashgan «Zarafshon» muntazam YPX maskanida xizmat olib borgan YPX xodimi J.Jo‘rayev tomonidan «Gaz-53» rusumli yuk avtomobili to‘xtatilgan. Tekshiruv davomida haydovchining haydovchilik guvohnomasida tirkamasi bo‘lgan mazkur yuk avtomobilini boshqarish uchun tegishli toifa ko‘rsatilmaganligi bois bayonnoma tuzilib, avtomobil jarima maydoniga joylashtirilgan.

Haydovchi tomonidan e’tiroz bo‘lgan vaqtda holatga YPX xodimi A.Xudoyberdiyev aralashgan. Videolavhada YPX xodimi A.Xudoyberdiyevning bodikamera moslamasi va tibbiy niqobi yo‘qligi aks etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring