Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi

Foto: Xabar.uz

«Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra:

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi;

Universitet respublikada pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim tashkiloti etib belgilandi.

2025/2026-o‘quv yilidan:

  • Universitetning boshqaruv tizimi «Yangi O‘zbekiston» universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtiriladi;
  • Universitetning mavjud 14 ta fakulteti maqbullashtirilib, 6 ta pedagogika oliy maktablari tashkil etiladi;
  • akademik faoliyat raqamlashtirilgan boshqarish tizimi (Learning management system) orqali yo‘lga qo‘yiladi hamda «Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish» (HEMIS) axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi;
  • Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 1-kursdan xalqaro ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Kecha Davkativ agentligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining o‘nlab bino va inshootlari sotuvga qo‘yilishi» haqidagi xabarga munosabat bildirgandi. Unda aytilishicha, talabalar yotoqxonalarining sotilishi bo‘yicha noto‘g‘ri talqin qilingan ma’lumot tarqatilgan.

Qayd etilishicha, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Toshkent shahrining 8 ta hududida faoliyat ko‘rsatib kelyapti va talabalarga qulayliklar yaratish maqsadida tegishli qarorlar bilan universitet o‘quv binolari Yangi Toshkent shahri hududida 40 gektar yer maydonida qurilayotgan yangi kampuslarga ko‘chiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring