NKVDga qarshi prokuratura. Qatag‘on qurbonlarini himoya qilib qatag‘onga uchraganlar (video)
«Ushbu arizani yozishdan maqsad bobomiz Rustamov Hamdam taqdirini aniqlashda yordam berishingizni so‘raymiz. Ularning qizlari Hamdamova Rohat xotiralariga ko‘ra, bobom kolxozda vijdonan faoliyat olib borgan va xo‘jalik ishlarini to‘g‘ri yuritish bo‘yicha ko‘rsatgan tashabbusi natijasida tuhmatga qolgan. 1937-1938 yillarda sudlangan.
Bobomiz qamoq jazosini qayerda o‘tagani va uning taqdiriga oid ma’lumotlarni olishimizga yordam berishingizni so‘raymiz».
Bu kabi arizalar prokuratura organlariga minglab kelgan va hanuz kelmoqda.
1935-yilning 27-may kunida NKVD (Ichki ishlar xalq komissiriati) buyrug‘i bilan respublika, o‘lka, viloyat NKVD bo‘linmalarida bevosita markazga bo‘ysunadigan va alohida vakolat huquqiga ega bo‘lgan uchliklar tashkil etildi.
1937-yilning 30-iyunida NKVD tomonidan 00447-sonli Sobiq quloqlar, jinoyatchilar va antisovet elementlarga qarshi repressiya operatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha maxfiy operatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha maxfiy maqomga ega bo‘lgan tezkor buyruq ishlab chiqildi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston SSRda 4750 ta odam jazolanishi lozimligi rejalashtirilgan. Ushbu buyruq prokurorlarning NKVD xodimlari ustidan nazoratini yo‘qqa chiqargandi. Shunga qaramasdan prokuratura jazolash tizimining bosimiga nisbatan muayyan darajada qarshilik ko‘rsata olgan.
Hibsga olishlar bo‘yicha rad javoblari, protestlar, jinoiy ishlarni to‘xtatishlar o‘sha davr prokuratura xodimlari fidoyiligi natijasi edi. Ammo qonun himoyachisi bo‘lgani ortidan prokurorlarning o‘zlari ham qatag‘on qilingan hollar kam emas edi. O‘zbekiston Respublika Bosh prokuraturasi Akademiyasi ijodiy guruhi tomonidan tayyorlangan ushbu lavha o‘sha davrda faoliyat yuritgan O‘zbekiston prokurorlariga bag‘ishlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter