Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nogironlik sababli kamsitganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanyapti

Nogironlik sababli kamsitganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanyapti

Ayrim qonun hujjatlariga nogironligi bo‘lgan shaxslarning boshqa fuqarolar bilan huquqiy jihatdan tengligiga, odil sudlovdan foydalanishga, saylanishga, shuningdek ta’lim olishga, badiiy ijod erkinligiga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratilishini hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni kamsitganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur hujjat bilan Jinoyat kodeksi 141-4-modda bilan (Nogironlik belgisiga ko‘ra kamsitish) to‘ldiriladi.

Bunda shaxsni nogironlik belgisiga ko‘ra kamsitish, ya’ni maqsadi yoki natijasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqaroviy sohada yoki boshqa sohada o‘zgalar bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning teng huquq va erkinliklarini e’tirof etishni yoki ro‘yobga chiqarishni inkor qilishdan iborat bo‘lgan, nogironlik sababli har qanday ajratib qo‘yish, istisno etish, chetlatish, cheklash, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, BHMning ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

a) og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa;

b) g‘arazli niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa;

v) zo‘rlik ishlatib sodir etilgan bo‘lsa;

g) xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring