«Nokia» besh kamerali smartfonini taqdim etadi: asosiy kamerasi — 108 MP

«Nokia Power User» xabar berishicha, 2021-yilda pentakamerali (besh kamerali) «Nokia X50» smartfoni taqdim etiladi. X-turkumiga mansub yangi qurilma «Nokia 8.3 5G»ning vorisi sifatida ko‘rilmoqda.
Ort pentakameraning asosiy kamerasi 108 megapikselli bo‘ladi. Unga yordamchi kameralar ultra keng burchakli blok, telefotomodul, sensor chuqurlik va makromoduldan tashkil topadi. Kameralarda mashhur «Zeiss» optikasi qo‘llanilgan.
Yangi smartfonning 6,5 dyuymli PureDisplay V4 ekrani Quad HD+ kenglik hamda 120 Gs yangilanish chastotasiga ega. Smartfonga mutlaqo yangi bir kristalli Snapdragon 775G protsessori o‘rnatilishi kutilyapti. Qurilma 6000 mAs sig‘imli akkumulyatordan quvvat oladi.
«Nokia X50» joriy yilning ikkinchi yarmida rasman taqdim etilishi kutilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter