Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noma’lum shaxs avtomobiliga 5 yoshli bolani o‘tqizmoqchi bo‘lgani haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirildi

Noma’lum shaxs avtomobiliga 5 yoshli bolani o‘tqizmoqchi bo‘lgani haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirildi

Foto: «Bloknottambov.ru»

Internet tarmog‘ida «Qorasaroy» turar-joy majmuasi yaqinida noma’lum shaxs avtomobiliga 5 yoshli bolani o‘tqizmoqchi bo‘lgani haqida ovozli xabar tarqamoqda. Ushbu ma’lumot tekshirildi va yolg‘on xabar ekanligi ma’lum bo‘ldi. Toshkent shahri hududida bola o‘g‘riligi bilan bog‘liq fakt qayd etilmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda, messenjerlarda, internet-maydonda har soniyada turli xil xabarlar tarqaladi. Ehtiyot bo‘lish zarurligi haqida ogohlantirishlar hech qachon ortiqcha bo‘lmaydi. Farzandlaringizga shirinlik taklif qilib, notanish pod’yezdga, uyga kirish, begona avtomobilga minishga chorlovchi begonalardan ehtiyot bo‘lishni o‘rgating.

Ammo tekshirilmagan ma’lumotni tarqatish to‘g‘ri emasligini ham unutmaslik darkor. Eslatib o‘tamiz, bu kabi ishlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 202-2 moddasida («Yolg‘on axborot tarqatish») va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-6 moddasida («Yolg‘on axborot tarqatish») javobgarlik ko‘zda tutilgan, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring