Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Novvoyxona ortidagi yarim milliardlik qarz oshkor bo‘ldi

Novvoyxona ortidagi yarim milliardlik qarz oshkor bo‘ldi

Foto: Prokuratura departamenti.

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.

Unda “M.-X.” MChJ boshqaruvchisi M.T. Samarqand shahar, “Ziyokor” ko‘chasidagi ishlab chiqarish sexida va “S.I.” xususiy korxonasi mas’ul shaxslari korxona binosida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 948 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning G‘ijduvon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.Sh. “Dilkusho” MFY hududidagi xonadonida novvoyxona tashkil qilib, tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz va elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 493 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring