Nukusda 19 yoshli qiz o‘zini «Do‘stlik» kanaliga tashladi

10-iyun kuni tungi soat 22:10 larda Nukus shahrida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga xabar kelib tushdi.
Xabar asosida ular Nukus shahri hududi bo‘ylab o‘tgan «Do‘stlik» kanaliga o‘zini tashlagan qizni suvdan qutqarib oldilar.
Dastlabki surishtiruvlar mobaynida Qorako‘z tumanida yashovchi 2002-yilda tug‘ilgan fuqaro U.T. ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Ta’kidlash joizki, bir necha hafta avval xuddi shu kanalda 16 yoshli qiz qutqarilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter