Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nursulton, Olmaota va Chimkent hokimlari qanchadan maosh olishadi?

Nursulton, Olmaota va Chimkent hokimlari qanchadan maosh olishadi?

Foto: «Government.kz»

«Zakon.kz» sayti Qozog‘istoning eng yirik — Nursulton, Olmaota va Chimkent shaharlari hokimlari qancha maosh olishlariga aniqlik kiritdi.

Sayt tahririyati har uch hokimlikka murojaat yo‘llagan. Savol mazmuni quyidagicha edi: «Mehnat stajini qo‘shib hisoblaganda, hokimning ish haqi qancha?»

Nursulton

Nursulton shahri hokimi — Altay Kulginov (42 yosh). Foto: «Kazinform»

Poytaxt Nursulton hokimligi bu ma’lumot hokimlikning saytida ko‘rsatilganini ma’lum qilgan. «Nursulton hokimligi rahbariyati daromadlari to‘g‘risida axborot» bo‘limida 2019-yilning avgustida joylangan ma’lumotga ko‘ra, shahar hokimi Altay Kulginov 771 007 tenge maosh oladi.

Olmaota

Olmaota shahri hokimi — Baxitjan Sagintayev (56 yosh). Foto: «Kazinform»

Olmaota hokimligi yanada batafsilroq ma’lumot bergan. Ularning hokimi Baxitjan Sagintayev 20 yillik stajga ega. Uning maoshi — 967 671 tenge, barcha majburiy soliq va to‘lovlardan qoladigani — 783 814 tenge.

Chimkent

Chimkent shahri hokimi — Murat Aytenov (38 yosh). Foto: «24.kz»

Chimkentning yangi hokimi Murat Aytenov hamkasblaridan kamroq maosh oladi. Qog‘ozda — 946 540 tenge, soliqlardan so‘ng yonida qoladigani — 761 540 tenge.

Ma’lumot uchun: bugungi kurs bilan 1 qozoq tengesi — 25,08 so‘m.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring