Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nursulton Nazarboyev akademik unvonidan mahrum qilindi

Nursulton Nazarboyev akademik unvonidan mahrum qilindi

Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyev akademik maqomi bekor qilindi, deb xabar berdi mamlakat Ilm-fan vazirligi.

Ilm-fan vaziri Sayasat Nurbek Qozog‘istonda akademiklar ro‘yxati qayta tiklangani haqida ma’lum qildi – bunday maqomi bekor qilingan orasida Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev ham bor.

«Ma’lumki, Prezident qarori bilan Fanlar akademiyasida ro‘yxat qayta ishga tushirildi, bizda Respublika jamoat birlashmasi bor, bu eski Fanlar akademiyasi, u 2000 yillarning boshidan boshlab mavjud edi. Shu bilan birga, o‘tgan yili Prezident qarori bilan yangi fanlar akademiyasi tashkil etilib, 9 nafar akademik saylangan», deydi vazir.

Nursulton Nazarboyevning maqomi haqida gapira turib, vazir sobiq Elboshi endi akademik emasligini ham tasdiqladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring