Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nursulton Ro‘ziboyev UFCda yengilmas jangchiga qarshi oktagonga chiqadi

Nursulton Ro‘ziboyev UFCda yengilmas jangchiga qarshi oktagonga chiqadi

2 iyul kuni tong saharda AQShning Las-Vegas shahridagi UFC Apex arenada navbatdagi UFC Fight Night turniri bo‘lib o‘tadi.

Oqshomning markaziy jangi o‘rta vazn toifasi reytingining yettinchi pog‘onasida borayotgan amerikalik Shon Striklend hamda Germaniya vakili Abusupyan Magomedov o‘rtasida kechadi. 

Co main event jangi esa yengil vazn toifasi reytingining o‘n ikkinchi pog‘onasidagi qozog‘istonlik Damir Ismagulov hamda o‘n beshinchi o‘rindan joy olgan AQSh vakili Grant Douson o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, turnir doirasida O‘zbekiston vakili Nursulton Ro‘ziboyev, amerikalik Kevin Li, Rossiya vakili Rinat Faxretdinov kabi jangchilar oktagonga ko‘tarilishadi. Aynan hamyurtimiz ishtirokidagi jang asosiy kard to‘qnashuvlarini boshlab beradi. 

Asosiy kard:

Markaziy jang. O‘rta vaznda: Shon Striklend (AQSh, reytingda - 7, 26-5) - Abusupyan Magomedov (Germaniya, 25-4-1)

Co main event. Yengil vaznda: Damir Ismagulov (Qozog‘iston, reytingda - 12, 24-2-0) - Grant Douson (AQSh, reytingda - 15, 19-1-1)

Yarim o‘rta vaznda: Maks Griffin (AQSh, 19-9-0) - Maykl Morales (Ekvador, 14-0-0)

Ayollar o‘rtasida o‘ta yengil vaznda: Ariana Lipski (Braziliya, 15-8-0) - Melissa Gatto (Braziliya, 8-1-2)

Yengil vaznda: Benua Sen-Deni (Fransiya, 10-1-0) - Ismael Bonfim (Braziliya, 19-3-0)

O‘rta vaznda: Bruno Ferreyra (Braziliya, 10-0-0) - NURSULTON RO‘ZIBOYeV (O‘ZBEKISTON, 34-8-2)

Prelim kard:

Yarim o‘rta vaznda: Kevin Li (AQSh, 19-7-0) - Rinat Fahretdinov (Rossiya, 21-2-0)

Yarim yengil vaznda: Joanderson Brito (Braziliya, 14-3-1) - Uyestin Uilson (AQSh, 16-7-0)

Ayollar o‘rtasida yarim yengil vaznda: Yana Santos (Rossiya, 14-7-0) - Karol Rosa (Braziliya, 16-5-0)

Yengil vaznda: Guram Kutateladze (Gruziya, 12-3-0) - Elves Brener (Braziliya, 14-3-0)

Ayollar o‘rtasida o‘ta yengil vaznda: Ivana Petrovich (Norvegiya, 6-0-0) - Luana Karolina (Braziliya, 8-4-0)

Og‘ir vaznda: Aleksandr Romanov (Ruminiya, reytingda - 14, 16-2-0) - Blagoy Ivanov (Bolgariya, reytingda - 15, 19-5-0).

Turnir Toshkent vaqti bilan 2 iyul kuni soat 01:00 da start oladi, asosiy kard janglari esa soat 04:00 da boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring