Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik Kengashi Dumaga qilingan kimyoviy hujumni muhokama qilmoqda

Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik Kengashi Dumaga qilingan kimyoviy hujumni muhokama qilmoqda

Foto: «Golos Ameriki»

BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Misturaning ta’kidlashicha, Suriya atrofidagi vaziyat xavfli tus olib bormoqda, bu holat xalqaro xavfsizlikka nafaqat mintaqaviy, balki global darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura bu bayonotni BMT xavfsizlik Kengashining majlisi ochilishida berdi.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya bayonot berib, Duma mintaqasida ma’lumotlarni to‘plash maqsadida rossiyalik radiologiya, kimyo va biologik muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar yuborilganini aytdi. «Ular tuproq namunalarini olib o‘rganishdi, asab-falajlantiruvchi va xlorli moddalar mavjud emasligini aniqlashdi», — deya bayonot berdi Rossiya diplomati.

AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli bayonot berib, BMT Xavfsizlik Kengashi qanday qaror qabul qilishidan qat’i nazar AQSh kimyoviy hujum aybdorlarini jazoga tortishda mustaqil harakat qilishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga qaraganda, «jahon adolat qaror topishining guvohi bo‘lishi kerak».

BMT Xavfsizlik Kengashi o‘tgan shanba kuni Dumaga berilgan ehtimoliy kimyoviy hujumni muhokama qilish maqsadida favqulodda majlis o‘tkazdi.

To‘qqizta mamlakat, ular orasida AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya ham bor, Dumada kimyoviy qurol ishlatilganini muhokama qilish maqsadida 9 aprel kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisi o‘tkazilishini talab qilib chiqishdi. Rossiya ham «xalqaro xavfsizlik va tinchlik tahdidi» masalasini muhokama qilish maqsadida BMT XKning majlisi chaqirilishini talab qildi.

AQSh ehtimoliy kimyoviy hujumlar uchun Asad rejimiga qarshi harbiy kuch ishlatishni nazardan soqit qilmayapti.

Prezident Donald Tramp ikki kun ichida «muhim qaror» to‘g‘risida e’lon qilishga va’da berdi. Kimyoviy qurollarni taqiqlash bo‘yicha tashkilot 7-aprel kuni Dumada ehtimoliy kimyoviy qurollar ishlatilgani borasidagi xabarlarni tekshirishga kirishdi. Tibbiyot manbalari shanba kungi Dumadagi havo hujumi oqibatida 48 kishidan 60 kishigacha inson qurbon bo‘lganini, minglab odamlar jabr ko‘rgani va jarohatlanganlar borligini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring