Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nyu-Yorkdagi otishmada 5 kishi halok bo‘ldi

Nyu-Yorkdagi otishmada 5 kishi halok bo‘ldi

Dushanba kuni Manxetten markazidagi ofis binosida qurolli shaxs tomonidan otishma sodir etildi. Natijada kamida besh kishi, jumladan, nafaqadagi politsiyachi halok bo‘ldi.

Gumonlanuvchi Nevada shtatidan Sheyn Tamura ekanligi aniqlangan. Politsiya u o‘zini o‘ldirganini aytdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Tamura binoga M4 avtomati bilan kirib kelgan va u yerda o‘q uzishni boshlagan, natijada sobiq politsiyachi va uch kishi halok bo‘lgan. Keyin u Ruden Building Management joylashgan qavatga ko‘tarilib, bir ayolni o‘ldirgan. 6 kishi esa og‘ir yaralangan.

«Shundan so‘ng Tamura binoning qabulxonasiga qaytib kelib, o‘z joniga qasd qildi. 27 yoshli qurollangan shaxs Las-Vegasda yashagan va yashirin qurol olib yurish uchun litsenziyaga ega edi», –dedi Nyu-York politsiyasi komissari Jessika Tish. Uning aytishicha, hujumchi ruhiy kasallikdan aziyat chekkan.

Fojia sodir bo‘lgan osmono‘par bino Markaziy bog‘dan bir necha blok narida, gavjum Midtoun hududida joylashgan. Unda mamlakatning yetakchi moliyaviy firmalari, jumladan, Blackstone va KPMG, Irlandiya konsulligi va Milliy futbol ligasining shtab-kvartirasi joylashgan.

Manba: ru.euronews.com

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring