Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Amerikaga kirish talablari og‘irlashtirilmoqda

OAV: Amerikaga kirish talablari og‘irlashtirilmoqda

AQSh Fuqarolik va Immigratsiya Xizmati (USCIS) doimiy yashash, fuqarolik yoki mamlakatga kirish uchun ariza beruvchilarga qo‘yiladigan talablar ro‘yxatini yangiladi.

Endi barcha kelganlar "Amerikaga qarshi" qarashlari va xatti-harakatlari uchun tekshiriladi. 

USCIS endi mamlakatga kirish uchun arizalarni ko‘rib chiqishda "anti-Amerika" va antisemitizm qarashlarini targ‘ib qilish yoki qo‘llab-quvvatlashni, ayniqsa antisemit terror tashkilotlari bilan aloqalarni "o‘ta salbiy omil" sifatida ko‘rib chiqadi. Shu bilan birga, agentlik hujjatda "antiamerikalik qarashlar"ni aynan nimadan tashkil etishiga aniqlik kiritmaydi. 

Bu The Wall Street Journal ta’kidlaganidek, Sovuq urush davrida kommunistik partiyalar a’zolarining mamlakatga kirishi taqiqlangan paytdagi normalarga juda o‘xshash. 

Salbiy omillar qatoriga an’anaviy tarzda og‘ir jinoyatlar, giyohvandlik, mast holda avtomobil boshqarish, yo‘l harakati qoidalarini muntazam ravishda buzish kiradi. Oliy ma’lumot, barqaror ish tajribasi, oila a’zolariga g‘amxo‘rlik, jamiyat hayotidagi ishtiroki esa ijobiy omillar hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring