Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: AQSh Eron borasida keskin qaror qabul qildi

OAV: AQSh Eron borasida keskin qaror qabul qildi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Iroq va Suriyada joylashgan Eron nishonlari va qo‘shinlariga javob zarbalari berishga qaror qildi. Bu haqda CBC telekanali manbalarga asoslangan holda xabar berdi.

«AQSh rasmiylari CBC News telekanaliga bir necha kun davomida Iroq va Suriya bo‘ylab nishonlarga, jumladan, Eron askarlari va  ob’yektlariga bir qator zarbalar berish rejalarini tasdiqladi», — deyiladi xabarda.

Zarbalar mintaqadagi AQSh kuchlarini nishonga olgan dron va raketa hujumlariga javob sifatida beriladi. Jumladan, Suriya va Iordaniya chegarasidagi AQSh bazasiga dron hujumi keskinlik ortishiga xizmat qildi. Ushbu hujumda 3 nafar amerikalik harbiylar halok bo‘lgan va yana o‘nlab kishi jarohatlangan.

Prezident Jo Bayden mazkur hujumga munosabat bildirarkan, «AQSh albatta javob berishi»ni ta’kidladi. 

O‘z navbatida Eronning o‘zi Kirmon shahridagi teraktdan so‘ng Pokiston, Suriya va Iroqdagi nishonlarga zarba bergandi. Mazkur harakatlar mintaqadagi keskin vaziyatni yanada taranglashtirdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring