Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Diyor Imomxo‘jayev PFL direktorligidan ketdi

OAV: Diyor Imomxo‘jayev PFL direktorligidan ketdi
Diyor Imomxo‘jayev PFL direktorligidan ketgani aytilmoqda. Bu haqda Championat.asia xabar bergan.

Ma’lumki, Diyor Imomxo‘jayev shu paytgacha PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgandi. U tashkilotning avvalgi rahbari Davron Shoqurbonov o‘rnini egallagandi. 

31-avgust kuni navbatdan tashqari yig‘ilish tashkil etilgan va yig‘ilishdan so‘ng Diyor Imomxo‘jayev PFLni tark etgan. Ammo uning nima sababdan ketgani hozircha noma’lum.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring