OAV: Kurdlar Suriya armiyasini Turkiya bilan chegarani himoya qilishga chaqirdi

20 yanvar kuni Turkiya qurolli kuchlari Suriya shimolidagi Afrin mintaqasida «Zaytun novdasi» deb nomlangan harbiy operatsiya boshlaganini ma’lum qilgandi.
Afrin mintaqasining Kurd avtonom ma’muriyati (Halab shahridan 65 kilometr g‘arbda) Suriya davlatini payshanba kuni «o‘z burchini bajarish va Turkiya bilan chegarani himoya qilish»ga chaqirdi. Bu haqda ma’muriyatning «Al-Mayadeen» telekanalida e’lon qilingan bayonotida aytildi, deya xabar bermoqda TASS.
Xabarda qayd etilishicha, turk askarlarining bosqini Suriya hududiy yaxlitligiga ta’sir ko‘rsatib, tinch aholining jabr ko‘rishiga sabab bo‘ladi.
Xabarda «Anqara agressiyasining maqsadi Suriya hududidan yerlarni tortib olish» ekani qayd etilib, «Afrin Suriyaning ajralmas qismidir va biz Suriya armiyasidan xoinlar hujumiga uchragan shaharni va uning atroflarini himoya qilishni so‘raymiz» deyiladi.
Suriya demokratik kuchlari koalitsiyasi (SDK) «Damashq bilan shartnoma tuzish sharti bilan Afringa Suriya armiyasining kiritilishiga rozi» ekanini bildirgan.
20-yanvar kuni Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi Suriya shimolidagi asosan kurdlar yashaydigan Afrin mintaqasida «Zaytun novdasi» deb nomlangan harbiy operatsiya boshlaganini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter