Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAVning eng mashhur birinchi aprel hazillari

OAVning eng mashhur birinchi aprel hazillari

Har yili 1-aprelda ko‘plab mamlakatlar norasmiy hazil bayramini nishonlaydi. Bu kunda barcha bir-birlari bilan hazil ssenariylar o‘ylab topishadi va hatto aldashadi ham. Lekin bundan hech kim xafa bo‘lmaydi. Boshqalarga hazil qilish an’anasi qanday boshlangan?

Irlandlar bu bayramni Kelt bayrami, ya’ni yozning boshlanishi, deb bilishadi, hindular uni bahorgi Xoli bayrami bilan, nemislar esa aprel oyidagi aldamchi ob-havo haqidagi maqollarga bog‘laydilar. Biroq, bayramning kelib chiqishi haqida yagona taxmin yo‘q.  

Ko‘pchilik 1-aprel kuni hazil qilish an’anasi Yevropaning turli mintaqalarida keng tarqalgan xalq bahor bayramlari bilan bog‘liq, deb hisoblashadi. U paytlari uzoq qishdan so‘ng, iliqlikning qaytishi marosim, bayramlar bilan kutib olingan. Ya’ni o‘sha kuni xizmatkorlar xo‘jayinga aylanishgan, odamlar hayvonlarning niqoblarini kiyishgan, yolg‘on gapirishga, mayda hazil qilishga ruxsat berilgan. Jarayon davomida yuzaga kelgan nizolar hazil va umumiy kulgi bilan silliqlashtirilgan. Go‘yoki har doimgi tartibni buzish va tiklash orqali bahor – yangilanish e’lon qilingan.

Bu kunni ba’zi joyda axmoqlar kuni ham deb atashadi. Fransiyada 1-aprel kuni hazilga ishongan odamga shunday nom berilgan. Aprel ahmoqlari kuni fransuz kalendarini isloh qilish natijasida paydo bo‘lgan. Aprel hazillari haqidagi birinchi hujjatli film 16-asrga to‘g‘ri keladi. Birinchi aprel haqida hatto shoirlar she’rlar yozishgan, spektakllar qo‘yilgan.

Hozir ham birinchi aprel kuni ko‘plab Yevropa va ba’zi sharq mamlakatlarida nishonlanadi. Bayramning asosiy an’anasi – hazillar va kulgu bo‘lib, unda nafaqat oddiy odamlar, balki ommaviy axborot vositalari, blogerlar, katta va kichik kompaniyalar, musiqachilar, rassomlar, yozuvchilar mamnuniyat bilan ishtirok etadilar.

Har yili 1-aprelda ijtimoiy tarmoqlar va veb-saytlar foydalanuvchilarni xursand qilish uchun dizaynini o‘zgartiradi, gazeta va jurnallarda hajviy maqolalar chop etiladi, do‘stlar esa bir-biriga hazil qiladilar, aldaydilar. Shu bilan birga o‘zingizni va atrofingizdagilarning kayfiyatini ko‘tarishning o‘ziga xos usullari bor. Shunday qilib, fransuzlar qog‘oz baliqlarni bir-birlarining yelkalariga yopishtiradilar, inglizlar muvaffaqiyatsizlikka uchramaslik uchun tushgacha hazil qiladilar, AQShda  mamlakatdagi eng ahmoq odamlarning reytingini tuzadilar.

Eng mashhur aprel hazillaridan biri 1957-yilda BBC tomonidan sahnalashtirilgan. Yangiliklarning birida tahririyat Shveysariyadagi boy spagetti – makaron hosili haqida aytib o‘tiladi. Yangilik ishonarli chiqishi uchun dehqonlarning daraxtlardan makaron yulayotgan tasvirlari namoyish etilgan. Shundan so‘ng BBS studiyasiga mo‘’jizaviy daraxt ko‘chatlarini qayerdan olish va unga qanday g‘amxo‘rlik qilish kerakligini bilmoqchi bo‘lgan minglab odamlardan qo‘ng‘iroqlar bo‘ldi.

1962-yilda Shvetsiyaning SVT teleradiokompaniyasi oq-qora televizorni rangli televizorga aylantirishning tezkor usulini tomoshabinlar bilan baham ko‘rdi. Taqdimotchi – ixtirochining so‘zlariga ko‘ra, bunda ekran ustidan neylon paypoqni tortib olish kerak bo‘lgan. Mato yorug‘likning ma’lum bir tarzda yig‘ilishiga olib keladi va tasvirga rang qo‘shadi. Tabiiyki, layfxak ish bermadi. Va haqiqiy rangli televizor mamlakatda  1970 yilda paydo bo‘ldi.

1988 yilda «Izvestiya» nashri argentinalik futbolchi Diyego Maradona «Spartak»ga o‘tish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani va unga 6 million dollar taklif qilishga tayyorligi haqida xabar bergan edi. Ertasi kuni gazeta bu maqolani aprel hazili ekanligini e’lon qilgan.

1998-yilda Burger King USA Todayda yangi chap qo‘l burgerini reklama qildi. Materialda uning tarkibida klassik versiyadagi kabi ingrediyentlar bo‘lishi, ammo mijozlarga qulaylik yaratish uchun ular 180 darajaga aylantirilishi ko‘rsatilgan. Ertasi kuni bu xabar hazil ekanligini haqidagi axborot chiqdi. Shunga qaramay, minglab amerikaliklar restoranga kelib, mahsulotning «chap qo‘l» turini so‘rashdi.

Umuman olganda aprel hazillari o‘sha kuni barchaga xushkayfiyat ulashish bilan birga sodda odamlarni yaxshigina chuv tushiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring