Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ob-havo yomonlashishi kutilmoqda

Ob-havo yomonlashishi kutilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston bo‘yicha 20-24 noyabr kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.

Bugun O‘zbekiston hududi bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunning o‘rtasiga kelib havo 20-23 darajagacha iliq bo‘ladi.

Ertaga yanada iliqroq bo‘lishi kutilmoqda, kunduzi havo harorati 24-27 daraja iliqqacha ko‘tariladi va respublikaning aksariyat qismida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

22 noyabr chorshanba kuniga kelib, shimoliy-g‘arbiy hududlardan kirib kelayotgan nam havo massasi butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab tarqaladi. Respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi hududlarida ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

23 noyabr kuni faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24 noyabrda respublikaning barcha hududi bo‘ylab havo quruq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, 22-23 noyabr kunlari vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘adi.

20-22 noyabr kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, 21-23 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Havo harorati 22-24 noyabrda 13-18° gacha, ba’zi joylarda 10-12° gacha pasayadi. 23-24 noyabr kunlari kechasi harorat 3-6° iliqqacha pasayadi, shimolda 1-3° sovuqqacha bo‘lishi mumkin.

Poytaxtimizda bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. 22 noyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 23-24 noyabrda yana yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 22 noyabrda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat bugun kunduzi 20-22°, ertaga 24-26° iliq bo‘ladi. 22-24 noyabrda havo harorati 13-18° iliqgacha, 23 noyabrda 11-13° iliqgacha pasayadi. 21-22 noyabrda harorat kechasi 10-15°, 23-24 noyabrda 3-8° iliqqacha pasayadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring