Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Obama davlatga xiyonatda ayblanib qamoqqa olinishi mumkin

Obama davlatga xiyonatda ayblanib qamoqqa olinishi mumkin

AQShning 44-prezidenti Barak Obama davlatga xiyonat va davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanib, javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard Oq uyda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 44-prezident 2016 yilgi saylovlarda «Rossiya izi» bo‘yicha razvedka ma’lumotlarini soxtalashtirishda ayblanmoqda.

«Biz ushbu hujjatlarning barchasini uning jinoiy oqibatlarini tekshirish uchun Adliya vazirligi va FQBga topshirganmiz va yana tщplanganlarini topshiramiz», – dedi Gabbard.

Fox News maxsus qo‘mita hisobotiga tayanib, Obama razvedka xizmatiga 2017 yilgi hisobotiga Trampning Rossiyani qo‘llab-quvvatlagani haqidagi ma’lumotlarni kiritishni topshirganini yozdi.

Telekanalga ko‘ra, hisobotda «kelib chiqishi aniq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar», shuningdek, «potensial noxolis yoki aql bovar qilmaydigan ma’lumotlar» mavjud.

AQSh Adliya vazirligi Obamaning Rossiyaning AQSh prezidentlik saylovlariga aralashuviga ishora qiluvchi ma’lumotlarini to‘qib chiqarishga aloqadorligini tekshirish uchun maxsus guruh tuzadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh rahbari Donald Tramp yuqoridagi ayblovlar ortidan o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida Obamaning hibsga olinishi sahnasini SI orqali ishlab, tarqatgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring