Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Behayo suratlari evaziga ayolning Lacetti va ko‘p miqdorda pulini olgan shaxs ushlandi

Behayo suratlari evaziga ayolning Lacetti va ko‘p miqdorda pulini olgan shaxs ushlandi

Toshkentda tovlamachilik yo‘li bilan o‘ziga tanish ayolning qimmatbaho buyumlari va ko‘p miqdorda pullarini olgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 19 may kuni soat 19:00 larda 25 yoshli A.A. 31 yoshli X.G. ismli ayolning turli xildagi behayo suratlarini internet ijtimoiy tarmoqlariga qo‘yish bilan qo‘rqitib, Chilonzor tumani «Beshqo‘rg‘on» mahallasida joylashgan avtoturargohda 1 million so‘m pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olib, hodisa joyidan yashirinayotgan vaqtida jinoyat qidiruv bo‘limi (JQB) xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida 2020 yilning aprel oyidan 2021 yilning may oyiga qadar A.A. X.G.ning suratlarini internet ijtimoiy tarmoqlariga qo‘yish bilan qo‘rqitib, tovlamachilik yo‘li bilan narxi 80 million so‘mlik Lacetti rusumli avtoulovini ishonchnoma asosida olganligi, bundan tashqari jami 14 million so‘mlik 40 grammli tilla taqinchoqlari, 42 million so‘m va 600 AQSh dollari pullarini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a» bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring