Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olim koronavirus va gripp virusi mutatsiyalaridagi farqni aniqladi

Olim koronavirus va gripp virusi mutatsiyalaridagi farqni aniqladi

Foto: «Global Look Press»

Boshqa mavsumiy virusli patogenlar singari yangi tipdagi koronavirus ham mutatsiyaga duchor bo‘ladi. Biroq COVID-19ni chaqiruvchi infeksion agent gripp virusidan farqli ravishda mutatsiyaga uchraydi.

Biologiya fanlari doktori Aleksey Agranovskiy «Ura.ru» portali bilan suhbatda asosiy farqni tushuntirib berdi.

«Virusni ma’lumot tashuvchi «fleshka» deb tasavvur qiling. Bu ma’lumotdan boshqa yangi «fleshka»larga nusxa olinadi. Nusxa ko‘chiruvchi fermentlar ko‘pincha xatoga yo‘l qo‘yishadi. Ana shu holat mutatsiyaga sabab bo‘ladi», — deydi olim.

Agranovskiyning so‘zlariga ko‘ra, bir «fleshka»dagi ma’lumot ikkinchisiga ko‘chirilganda koronavirus mutatsiyasi yuz beradi. Gripp virusi va boshqa mavsumiy infeksiyalar sakkizta «fleshka»dan iborat: ular uzluksiz ko‘chirib turiladi. Ushbu jarayonda bir «fleshka» boshqasiga almashib qolishi ham hech gap emas: bu esa amaliyotda yangi virusli shtammning vujudga kelishini anglatadi. Aynan shu bois vaqt o‘tishi bilan bunday infeksiyalarga qarshi vaksinalar samara bermay qo‘yadi.

Agranovskiyning fikricha, koronavirus mutatsiyasi vaksinalar samadorligining pasayishiga olib keladi. Biroq infeksion agentning yaxlitligi tufayli bunday ssenariy takrorlanishi dargumon.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring