Olimlar abadiy muzliklar bo‘yicha xavotirli tadqiqotni e’lon qildi
2100-yilga kelib, yer yuzasiga yaqin bo‘lgan abadiy muzliklarning aksariyati yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Buni hozirgi iqlim tendensiyalarini sayyoramizning 3 million yil avvalgi iqlimi bilan taqqoslagan xalqaro olimlar guruhi prognoz qilmoqda.
Tadqiqot natijalari Proceedings of the National Academy of Sciences (PNAS) jurnalida chop etildi.
1850-yildan 1900-yilgacha bo‘lgan sanoat davriga nisbatan yer yuzasiga yaqin abadiy muzlik miqdori 93 foizga kamayib ketishi mumkin.
2100-yilga kelib, tuproqning yuqori qatlamidagi abadiy muzliklar faqat Sharqiy Sibir tog‘lari, Kanadaning Arktika arxipelagi va Grenlandiya shimolida mavjud bo‘lishi mumkin.
Olimlarning ta’kidlashicha, keyingi 77 yil davomida yer yuzasiga yaqin bo‘lgan abadiy muzliklarning yo‘qolishi inson hayoti va infratuzilmasi, global uglerod aylanishi, yer usti va yer osti gidrologiyasi uchun og‘ir oqibatlarga olib keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter