Olimlar qondagi qand miqdorini tez kamaytiradigan mahsulotni aniqlashdi
No‘xat iste’mol qilish qondagi qand miqdorining tez pasayishiga yordam beradi. Bu haqda «Express» xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, no‘xatning bu xususiyati mahsulot tarkibida kletchatka va oqsil ko‘pligi bilan bog‘liq. Kletchatka uglevodlarning organizmga so‘rilishini sekinlashtiradi. Natijada ular sekin parchalanadi. Glyukoza ham shular jumlasidan. Shu bois glyukoza ortiqcha to‘planib qolishga ulgurmaydi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bug‘doyli mahsulotlar o‘rniga kunigi bir mahal no‘xatli taomlar iste’mol qilinsa, olti hafta ichida qondagi qand miqdori sezilarli darajada pasayishi mumkin.
Bundan tashqari, mahsulot vazn ortishiga ta’sir qilish orqali glyukoza darajasini me’yorlashtirishga yordam beradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, no‘xat iste’mol qilganda odam o‘zini uzoqroq to‘q his qiladi hamda zararli yeguliklarga bo‘lgan xohishini kamaytiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter