Olimlar umrni uzaytirishning yana bir usulini topishdi

Amerikalik olimlar jismoniy mashqlar yurak-qon tomir tizimining qarishiga qarshi kurashishga yordam berishini ta’kidlashmoqda. Shuningdek, sport bilan faol shug‘ullanish erta o‘limning oldini oladi.
O‘z fikrlarini isbotlash maqsadida olimlar tajriba o‘tkazishdi. Unda 50 ga yaqin o‘rta yoshdagi ishtirokchilar qatnashdi va ular ikki guruhga bo‘lindi.
Birinchi guruh ishtirokchilari 2 yil muntazam ravishda jismoniy faoliyat bilan, ikkinchi guruh ishtirokchilari esa yoga bilan shug‘ullanishlari kerak edi.
Natijada sport bilan shug‘ullangan odamlarning jismoniy faoliyat davomida kislorod iste’moli 18 foizga, yurak mushaklari moslashuvchanligi esa 25 foizga oshdi.
Qolaversa, olimlarning fikricha, bir joyda doimiy ishlovchi insonlarning yurak mushaklari qattiqlashadi. Bu esa tananing qon bilan ta’minlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter