Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N.Yo‘ldoshev kecha, 29-iyun kuni «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasining 3-bandiga va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq, quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi:
Davlat Hakimovich Bobonorov o‘n yil muddatga;
Zafarjon Hasanovich Fayziyev o‘n yil muddatga;
Iroda Abdukarimovna Boltaxo‘jayeva o‘n yil muddatga;
Nodirjon Tursunboltayevich Rajabov o‘n yil muddatga;
Firuz Tolibovich Tursunov o‘n yil muddatga.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter