Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oliy sudda hal qilamiz» — Korxona rahbari 77 ming AQSh dollariga «uxlatildi»

«Oliy sudda hal qilamiz» — Korxona rahbari 77 ming AQSh dollariga «uxlatildi»

Foto: «Xabar.uz»

Ishini Oliy sudda hal qilishni va’da qilgan firibgarlarga korxona rahbari naqd 77 ming AQSh dollarini sanab berib yubordi.

2020 yil 8 iyul kuni 39 yoshli B.A. va A.U. lar o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Toshkent shahar Yashnobod tumani Boku ko‘chasida joylashgan «Steklovoknistaya Plastmasovaya truba» MChJda bo‘la turib, korxona rahbari 55 yoshli U.X.ning ishonchiga kirib, Farg‘ona viloyati tumanlararo sudining 1 mlrd. 700 mln. so‘m undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasini qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrimini Oliy sudda hal qilib berishni va’da qilib, U.X.dan 77.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborishganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring