Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy sudga kelgan shaxs to‘satdan vafot etdi

Oliy sudga kelgan shaxs to‘satdan vafot etdi

Foto: «Xabar.uz»

Sud majlisiga da’vogar sifatida kelgan fuqaro sud zaliga kirmasidan avval behush holda topildi. Hodisa joyiga yetib kelgan tibbiyot xodimlari u hayotdan ko‘z yumganini aniqlashgan.

Oliy sud matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yil 3 avgust kuni 1957 yilda tug‘ilgan fuqaro M. A. Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasida soat 9. 15 ga tayinlangan sud majlisiga da’vogar sifatida kelgan.

«Sud majlisi o‘z vaqtida boshlangan bo‘lib, sud majlisi kotibi taraflarni sud zaliga taklif etish uchun kutish xonasiga chiqqanida M. A. behush holda yotganini ko‘rgan. Shu zahoti barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilib, shoshilinch tez tibbiy yordam xodimlariga xabar berilgan. Hodisa joyiga zudlik bilan yetib kelgan tibbiyot xodimlari tomonidan M. A. hayotdan ko‘z yumganligi aniqlangan.

Tibbiyot xodimlari bergan birlamchi xulosaga asosan fuqaro M.A.ning o‘limiga o‘tkir yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan», deyiladi Oliy sud xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring