Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaliqda «Nexia-1» kutilmaganda kanalga quladi

Olmaliqda «Nexia-1» kutilmaganda kanalga quladi

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

25-iyul kuni Toshkent viloyati, Olmaliq shahar FV bo‘limiga Olmaliq shahar hududidan oqib o‘tuvchi «Tanachi-Bo‘ka» kanaliga «Nexia-1» rusumli avtomobil haydovchisi kutilmaganda tushib ketganligi haqida xabar berilgan. 

Xabarga asosan, zudlik bilan qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borgan va texnikalarni jalb qilgan holda avtomobil kanaldan olib chiqilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Avvalroq, Zangiotada transformator yonib ketgani xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring