Olmaotada qarovsiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

«Dunyo» AA xabar berishicha, Qozog‘istonning Olmaota shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 6−17 yosh oralig‘idagi 9 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.
Diplomatlar «qiyin hayotiy vaziyatda bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash markazi» va «Olmaota shahar ta’lim boshqarmasi» vakillari bilan birgalikda voyaga yetmagan bolalarni o‘z vatanlariga qaytarish uchun barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan.
Shuningdek, bolalar yaqin qarindoshlariga topshirilishi uchun O‘zbekiston IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xodimlariga topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter