Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OlmaPay endi Octobankda — Rossiyadan yuborilgan pulni shu kunning o‘zida olishingiz mumkin

OlmaPay endi Octobankda — Rossiyadan yuborilgan pulni shu kunning o‘zida olishingiz mumkin

Octobank mijozlari uchun yana bir qulay xizmat ishga tushdi — endilikda OlmaPay orqali Rossiyadan yuborilgan pul o‘tkazmalarini yuborilgan kunning o‘zidayoq olish mumkin.

Octobank matbuot xizmati ma’lum qilishicha, OlmaPay Rossiyadan yuborilgan mablag‘larni tez, xavfsiz va ortiqcha ovoragarchiliksiz qabul qilish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, oilaviy ehtiyojlar, kundalik xarajatlar yoki biznes maqsadlari uchun qulay yechim hisoblanadi.

OlmaPay xizmatidan foydalanish oson va ortiqcha rasmiyatchilikni talab qilmaydi. Uning asosiy afzalliklari:

– oluvchi uchun 0% komissiya;

– pul o‘tkazmasini Rossiya rublida yuborish mumkin;

– mablag‘ naqd shaklda murojaat qilingan kunning o‘zida AQSh dollarida beriladi.

Pul o‘tkazmasini olish jarayoni ham juda oddiy. Buning uchun Octobank bo‘limiga borish, o‘tkazmaning 11 xonali o‘tkazma raqamini (KNP) aytish hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish kifoya.

OlmaPay xizmatining yo‘lga qo‘yilishi Octobankning transchegaraviy pul o‘tkazmalari yo‘nalishini rivojlantirish va hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish borasidagi ishlarining bir qismi hisoblanadi. Natijada bank mijozlari uchun xorijdan mablag‘ olish imkoniyatlari yanada kengaymoqda.

KOMPANIYa HAQIDA:

OlmaPay — Rossiyadan mablag‘ yuborish va qabul qilish imkonini beruvchi xalqaro to‘lov tizimi. Tizim Rossiya Federatsiyasida huquqiy maqomi tasdiqlangan litsenziyalangan xalqaro to‘lov tizimi sifatida faoliyat yuritadi va ishonchli transchegaraviy pul o‘tkazmalarini ta’minlaydi. O‘zbekistonda esa xizmat hamkor banklar va ularning ofislari orqali ko‘rsatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring