Octobank mijozlari O‘zbekistonda Apple Pay’dan birinchilardan bo‘lib foydalanishlari mumkin
Apple Pay ilk bor O‘zbekistonda foydalanish uchun taqdim etildi va endi Octobank mijozlari ham ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin. Visa va Mastercard kartalarini Apple Wallet raqamli hamyoniga qo‘shib, do‘konlarda va onlayn xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.
Octobank SIBOS 2026 tadbirida xalqaro hamkorlar bilan 100 dan ortiq uchrashuv o‘tkazdi
Xorijdan mahsulot yetkazib berish xarajatlarini to‘lash, tushumni qabul qilish, yangi shartnoma uchun moliyalashtirish manbasini topish – bu vazifalarning har biri ortida turli mamlakatlar banklarining mehnati yotadi. Octobank yana bir bor – tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida SIBOS 2026 ko‘rgazmasida jahon moliya bozorining yetakchi ishtirokchilari bilan uchrashdi.
Octobank Uzbekistan Airways aviachiptalari uchun Apple Pay va Google Pay orqali to‘lov qilish imkoniyatini taqdim etdi
Octobank o‘zining internet-ekvayring imkoniyatlarini kengaytirdi va Uzbekistan Airways uchun Apple Pay va Google Pay orqali to‘lovni uladi.
Octobank xalqaro hamkorlikni va global kapital bozorlariga kirishni kengaytirmoqda: TXIF-2026 natijalari
Bank AQSh, BAA, Turkiya, Yevropa va MDH mamlakatlaridan tashrif buyurgan hamkorlar bilan korrespondentlik tarmog‘ini rivojlantirish, investitsiyalar va savdoni moliyalashtirishni jalb etish masalalarini muhokama qildi
Mintaqaning fintech sohalari bir maydonda
PLUS Forum O‘zbekistonda oltinchi marta o‘tkazilmoqda va 2600 dan ortiq ishtirokchi, 130 dan ortiq ma’ruzachi hamda 100 dan ortiq hamkor va homiylarni birlashtirdi.
OlmaPay endi Octobankda — Rossiyadan yuborilgan pulni shu kunning o‘zida olishingiz mumkin
Octobank mijozlari uchun yana bir qulay xizmat ishga tushdi — endilikda OlmaPay orqali Rossiyadan yuborilgan pul o‘tkazmalarini yuborilgan kunning o‘zidayoq olish mumkin.
Visa Excellence Cup 2025: Visa mukofotlari Octobankning elektron to‘lovlar bo‘yicha yetakchiligini tasdiqladi
Octobank bu yil Visa xalqaro to‘lov tizimining ikkita nufuzli mukofotiga sazovor bo‘ldi: «Elektron tijoratdagi eng yaxshi ekvayer bank» va «Kriptokartalarni ishga tushirgani uchun» nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb topildi. Taqdirlash 10 dekabr kuni Visa Excellence Cup 2025 tadbirida bo‘lib o‘tdi.
Octobank’da biznes uchun bank xizmatlari — endi xalqaro pul o‘tkazmalari yanada foydaliroq
Octobank’da xalqaro pul o‘tkazmalari yanada arzonlashdi, valyuta konvertatsiyasi esa — foydaliroq bo‘ldi. Bank korporativ mijozlar uchun xorijiy valyutadagi asosiy operatsiyalar bo‘yicha tariflarni pasaytirmoqda, bu esa biznesga xorijiy hamkorlar bilan hisob-kitoblarda tejash imkonini beradi.
Alipay+ endi Octo-mobile ilovasida: chet elda xuddi uyingizdagi kabi to‘lov qiling
Octobank birinchilardan bo‘lib Xitoyning mashhur Alipay+ to‘lov xizmatini o‘zining mobil ilovasi interfeysiga integratsiya qildi. Endi Octo-mobile foydalanuvchilari xorijdagi xaridlar uchun to‘lovlarni O‘zbekistondagidek oson — milliy valyutada amalga oshirishlari mumkin.
Octobank’ning birinchi korporativ futbol turniri — «Football CUP» bo‘lib o‘tdi
2025 yil 11 oktyabr kuni Jar stadioni hayajon, jo‘shqinlik va karnay-surnay sadolari bilan to‘lib-toshdi — Octobank o‘zining birinchi yirik korporativ futbol turnirini shunday faolllik bilan o‘tkazdi. Bu kun nafaqat ishda, balki maydonda

