Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmazor tumanidagi savdo korxonasi hududida yong‘in yuz berdi

Olmazor tumanidagi savdo korxonasi hududida yong‘in yuz berdi

Foto: FVB.

Olmazor tumanida savdo korxonasi yonib ketdi. 

Bugun, 11 iyul kuni Toshkent shahar FVB tomonidan, videokuzatuv kameralari orqali Olmazor tumani Usta shirin ko‘chasidagi “Uz metal” savdo korxonasida yong‘in sodir bo‘layotgani aniqlandi. 

Mazkur xabarga asosan, yong‘in qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, yong‘in to‘liq o‘chirilgan. 

Aytilgan manzilda korxona hududida qurilish chiqindilari 30 kv.m maydonda yonib zararlangani aniqlandi. 

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring